Bugun 15-iyun kuni universitetimizning katta majlislar zalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida "Yoshlar oyligi" doirasida amalga oshirilishi muhim bo'lgan ishlar yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
Ushbu yig‘ilishda universitetimiz prorektorlari, dekanlar, kafedra mudirlari hamda bo‘lim boshliqlari qatnashdi.
Mazkur uchrashuvning asosiy maqsad talaba-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni intellektual musobaqalarga jalb qilish hamda sog'lom turmush tarziga targ'ib etish asosiy masalalardan biri ekanligi ko'zda tutildi.
Uchrashuv davomida universitetimiz rektori, professor Akramjon Yuldashev barchani faol ishtirok etishga chorladi hamda qilinishi kerak bo'lgan ishlar yuzasidan mas'ul hodimlarga topshiriqlar berib o'tdi.
Uchrashuv so'ngida universitet rektori barcha qatnashchilarga "Yoshlar oyligi" doirasida o'tkazilayotgan intelektual oyinlar hamda sport musobaqalarda faol ishtirok etishlarni takidladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI