Muhtaram prezidentimizning ta'lim sifatini isloh qilish, xorijiy metodlarni amalda qo'llash hamda xorijiy OTM lar bilan yaqindan aloqalar o'rnatish tog'risidagi qator qarorlarining ijrosini ta'minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan ekologiya va botanika kafedrasi mudiri, biologiya fanlari doktori Nasiba Noraliyeva 10-11-iyun kunlari Qirg‘iziston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib qo‘shni Osh davlat universiteti bilan akademik mobillik doirasida hamkorlik aloqalarini yanada mutahkamlab qaytdi.
Xizmat safari davomida dastlab Nasiba Noraliyeva xizmat safarini O‘shDU xalqaro aloqalar departamentining direktori Abdug’ani Abduvaliev qabulidan boshladi. O‘shDU ning hozirgi vaqtdagi xalqaro aloqalari va ularning natijalari bilan tanishdi.
So’ngra biologiya fanlari doktori Nasiba Noraliyeva Zoologiya va ekologiya kafedrasining o’quv rejasiga asosan Qora-Shora davlat milliy bog‘iga o‘quv dala amaliyotiga taklif etildi. 2 kun davom etgan dala amaliyotida talabalarga tuban va yuksak o‘simliklarni tarqalishi qonuniyatlari, o‘xshashliklari bo’yicha ko’plab ma’lumotlar berib o’tdi.
Hamkorlikda amalga oshirilgan o‘quv dala amaliyoti qo‘shni davlat talabalarida katta taasurot qoldirdi hamda keyingi o‘quv yillarida bunday amaliyot darslarini yanada rivojlantirishga kelishib olindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI