Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA "YOSHLAR OYLIGI" DOIRASIDA REKTOR VA TALABALAR ISHTIROKIDAGI UCHRASHUV BO'LIB O'TDI
2022-06-14    742

Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan yurtimizda ta'lim sohasini izchil o'zgartirish, zamon standartlariga mos hamda ilmiy pedagogik salohiyatli kadrlar tayyorlash maqsadida bugungi kunda talaba-yoshlarga ko'plab imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

  

Bugun, 14-iyun kuni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yo'ldashev universitetimizning talaba-yoshlari bilan "Yoshlar oyligi" doirasida uchrashuv o'tkazdi.

Ushbu uchrashuvda rektor boshchiligida universitetimizning 300 nafardan ziyod talabalari ishtirok etdi.

Suhbat mobaynida universitet rektori A.Yuldashev bir qator masalalar bo'yicha alohida to'xtalib o'tdi. Jumladan, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularga yaratilayotgan imtiyoz va shart-sharoitlardan unumli foydalanish kerakligini ta'kidladi. Bundan tashqari, talabaning huquq va majburiyatlari haqida to'laqonli tushunchalar berib o'tdi.

Uchrashuv talabalarning savol va takliflari bilan qizgʻin tarzda boʻlib oʻtdi. Talabalar o'zlarining takliflarini berdilar va ko'plab savollar bilan murojaat qilib, o'zlariga tegishli javob oldilar.



Ko'rsatilgan e'tibordan talabalar juda mamnun bo'ldi hamda kelgusida yanada innovatsion g'oyalar bilan yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qila oladigan yetuk kadr bo'lib yetishishga ishonch bildirildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.