Andijon Davlat
Universiteti
KARIMOVA ZULAYXO G‘AYRATBEK QIZI

Ta’lim yo‘nalishining ingliz tili sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini, ingliz tili o’qituvchisi Musaуev Akmal Ibragimjanovich rahbarligida ilmiy ishlar olib bormoqda.

Ta’lim yo‘nalishida turli darajadagi ingliz tili o‘rganuvchilarini bir vaqtda o‘qitish bo‘yicha izlanishlar olib boradi.

U ingliz tilini o‘qitishga mo‘ljalangan bir nechta qo‘llanmalar yaratgan. Ulardan “Easy tenses for children” kitobi nashrdan chiqib amalda qo’llanilmoqda.

Karimova Zulayxo ikki yildan buyon “The problems of mixed ability classes and strategies of managing” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Izlanishlari davomida uning ilmiy maqolalari xorijiy va respublika OAK jurnallarida chop etilib, 20 ga yaqin ilmiy maqola tezislar muallifi. Shuningdek, Respublika miqyosida o‘tkaziladigan ko‘plab yoshlar konferensiyalar, forum va anjumanlarda faol ishtirokchisi.

  

  

 

2018 yilda fakultetning yetakchi talabalari qatorida “Ijtimoiy ko‘maklashamiz” saxovat aksiyasini, “”Ustozlarni e’zozlaymiz”, “Talabalik – oltin davrim”, “Assalom Navro‘z” kabi yirik tadbir, festivallarni tashkil etdi.

 

     

 

 

2019 yilda o‘tkazilgan “International Youth Summit”, “5T Youth forum”  kabi bir qator respublika yoshlar tadbirlarida faol ishtirok etib faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.

 

2019 yilda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

2019 yilda tashkil etilgan “Open Andijan Business Forum” va “Saylov 2019” kabi siyosiy jarayonlarda rasmiy tarjimon sifatida ishtirok etib viloyat hokimining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.

 

2020 yilda o‘tkazilgan “Andijonda Yoshlar 10 kunligi” loyihasi doirasida viloyat hokimining buyrug‘iga binoan Oltinko‘l tuman hokim o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat yuritgan.

  

2020 yilda Andijon davlat universitetida o‘tkazilgan “Rektor stipendiyasi” tanlovida faxrli 2-o‘rinni qo`lga kiritdi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarida ishlashni yaxshi o‘zlashtirgan. Internet tarmog‘ining xalqaro va respublika ta’lim saytlaridan foydalanadi. Kompyuterda “Microsoft Word”, “Microsoft Excel”, “Microsoft Power Point” kabi bir qator dasturlarda ishlay oladi.

 

 Zulayxo Karimova mana shu izlanishlari tufayli 2021 yilda Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo`ldi.


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2022. Barcha huquqlar himoyalangan.