Andijon Davlat
Universiteti
SHOIRAGA EHTIROM
2018-03-03    8377

Qay millatda shunday ayol bor,

Quyosh bilan teng bo‘lsa mexri.

Uning kabi bo‘lsa betakror,

Asrlarga tatisa sexri.

Tog‘larga teng nomus u ori,

Tongday toza o‘zbek ayoli.

 

So‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy ayoliga shunday go‘zal misralarni bitadi: “Vafo shunday bir pokiza matlubaki, u tabiatni va ko‘ngli pok bo‘lmagan kimsaga yaqinlashmaydi.vafo shunday asl gavharki, u insoniyat tojiga ziynatdir. U vafo va hayoni egizak holda ko‘radi. Har bir yurakda vafo bo‘lsa, u yerda hayo ham bo‘ladi”.

Sharq ayollari azal azaldan hamma davralarda ulug‘langan, ‘zozlangan. Ular vafo, sadoqat, nazokat va nafosat timsoli sifatida vasf etilgan. Ayol qalb boyliklaridan birinchi navbatda fidoyilikka diqqatini qaratgan, mehnatidan baxt topgan, niyati pok, o‘zi pok nozik xilqatdir. Ana shunday vafo va sadoqatni o‘zida mujassam etgan o‘zbek xalqining sevimli shoirasi Zulfiyaxonim Isroilovaning bu yil 103 yillik tavallud ayyomi respublikamiz bo‘ylab keng nishonlandi. Andijon davlat universiteti, bxotin-qizlar qo‘mitsi qoshidagi “Qizlarjon” klubining iqtidorli qizlari ham ushbu kunni alohida tayyorgarlik bilan nishonladilar. Tadbirning ochilishinida universitet ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektor A.Hamroqulov ochib berdi. Tadbirga viloyat hokimining o‘rinbosari, xotiqizlar qo‘mitasi raisi M.Yunusova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi boshlig‘i X.Qo‘chqorova, Viloyat ma’naviyat kengashi mutaxassisi A.Asqarovlar tashrif buyurishdi. Tadbirni zulfiyaxonim ijodiga mansub bo‘lgan she’rlardan dunyo tillrida talaba qizlar tomonidan ijro etildi.

O‘zbek xalqining sevimli adibi G‘ofur G‘ulom “Muazzam sharq namoyondir sening pokiza joningda” deya xitob aylagan edi. Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimning mazmunli umr yo‘llarini tadabalar sahna ko‘rinishida gavdalantirishga harakat qildilar. Qizlarning kiyinish madaniyatiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi barchada ijobiy taassurotlar uyg‘otdi. Mamlakatimizda ayollar jumladan, qizlar sportigi bo‘lgan e’tibor tobora keng quloch yoyib bormoqda. Bunga sprotchi qizlarimizning chiqishlari ham isbot namunasi bo‘ldi. San’at insonni shunday bir olamga olib kiradiki uning mavjlaridan inmon ham ma’nan kuch ham yaxshi kayfiyat oladi. Qizlarimiz tomonidan ijro etilgan raqslar guldastasi barchaning kayfiyatini yanada oshirdi. Tadbir so‘ngida M.Yunusova  faol va iqtidorli qizlarni tashakkurnoma bilan taqdirladi.

 

Basidaxon ISMOILJONOVA
Filologiya fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.