Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZNING “HUMO” TALABALAR TEATR STUDIYASI MINTAQAVIY BOSQICHNING MUTLOQ G'OLIBI
2022-06-10    662

Xabaringiz bor, universitetimizning “Humo” talabalar teatr studiyasi hududiy bosqichida g'olib bo'lib mintaqaviy bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritgan edi.

  

Bugun, 10-iyun kuni Farg'ona viloyatining Milliy madaniy markazida OTM talaba-yoshlari oʻrtasida anʼanaviy oʻtkazib kelinayotgan "Eng faol talabalar teatr studiyasi" respublika koʻrik-tanlovining mintaqaviy bosqichi bo’lib o’tdi.

  

Andijon davlat universiteti tarix fakultetining “Humo” talabalar teatr studiyasi Qobiljon Yunusovning "Farishtasiz xonadon” nomli spektaklini namoyish etib, mintaqaviy bosqichda mutloq g'olib bo'ldi va respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

   

G’olib bo’lgan “Humo” talabalar teatr studiyasi jamoasini hamda ularning g'olib bo'lishida ulkan hissa qo'sgan va rejissorlik qilgan Alijon Asqarovni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev universitet jamoasi nomidan muborakbod etib, respublika bosqichiga omad tiladi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.