Andijon Davlat
Universiteti
IJTIMOIY-IQTISODIYOT FAKULTETIDA SPORTNING MINI FUTBOL TURI BO'YICHA "DEKAN KUBOGI"GA START BERILDI
2022-06-09    586

Ommaviy sport va sog'lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish, professor-o'qituvchilar va xodimlar salomatligini mustahkamlash hamda ularning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishini kundalik turmush tarziga aylantirish maqsadida bugun, 9-iyun kuni Andijon davlat universitetining yozgi arenasida ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti professor-o'qituvchilari va tyutorlari o'rtasida sportning mini futbol turi boyicha "Dekan kubogi" musobaqasi o'tkazildi.

  

Ushbu musobaqada fakultetning professor-o'qituvchilari hamda tyutorlari terma jamoalaridan tashkil topgan 5 ta jamoa g'oliblik uchun murosasiz kurash olib borishdi.

  

Turnirning yakuniy natijalariga ko'ra 1-o'rinni Iqtisodiyot kafedrasining "Burgutlar" jamoasi 2-o'rinni Psixologiya kafedrasining "Mentalistlar" jamoasi 3-o'rinni esa Falsafa kafedrasining "Alpomishlar" jamoasi qo'lga kiritdi.

  

Turnir so'ngida g'olib jamoalarga fakultet dekanining tashakkurnomasi, esdalik sovg'alari hamda 1-o'rinni egallagan "Burgutlar" jamoasiga dekan kubogi tantanali topshirildi. Musobaqaning eng yaxshi darvozaboni Qudratbek Yunusov, eng yaxshi o'yinchisi Mashxurbek Dumarov, darvozaga eng ko'p go'l kiritgan Dilshodbek Nurmatovlar naminatsiya bo'yicha taqdirlandi.

  

Musobaqada mutloq g'olib bo'lgan "Burgutlar" jamoasini qutlaymiz va kelgusidagi ilmiy faoliyatlariga omad tilaymiz!

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.