Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA "BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BO'LIB O'TDI
2022-06-09    729

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qaroriga koʻra 2022-yilning iyun oyi "Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi" etib belgilandi hamda ushbu oylik doirasida viloyatimizda bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib, insonlarni bu zararli oqim taʼsiriga tushib qolmasliklari uchun tizimli harakatlar yoʻlga qoʻyilgan.

Bugun, 9-iyun kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida soha mutaxassislari hamkorligida "Biz giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu davra suhbatida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimi, viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari, universitet professor-o'qituvchilar, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.

Dastlab viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassisi Janonaxon Mamadaliyeva giyohvandlik ortidan kelib chiqadigan OITS infektsiyasi koʼpincha tartibsiz jinsiy hayot kechirish, sanitariya gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik va fuqarolarning tibbiy madaniyati va bilimining yetarli darajada boʼlmaganligi sababli yuzaga kelishini, kasallikni davolagandan koʼra oldini olgan maqsadga muvofiqligi ishtirokchilarga tushuntirildi.

“Tadbirni o`tkazishdan asosiy maqsad, yoshlarimizni giyohvand va turli psixotrop moddalar iste`mol qilish qanday xavflarga olib kelishidan xabardor etish hisoblanadi”, deydi viloyat OITSga qarshi kurashish markazi shifokori Gulbaxor Isaqova.

Shundan so'ng viloyat ichki ishlar xodimi Qahramon Abdurahmonov tomonidan giyohvandlik bu dunyo miqyosidagi jiddiy muammo ekani, ushbu illatga qarshi qat`iy kurash olib borilishi kerakligi va ayni ishda juda katta javobgarlik nafaqat huquqni muhofaza qilish muassasalari xodimlari, balki ota-onalar, o`qituvchilar hamda keng jamoatchilik zimmasiga ham yuklatilishi ta`kidlandi.

Tadbir ishtirokchilariga zamonaviy jamiyatning terrorchilik, odam savdosi, giyohvandlik kabi global muammolariga bag`ishlangan qator nutqlar o`qib eshittirildi. Yakunda esa talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Bu kabi davra suhbatlarni tashkil etishdan asosiy maqsad, yoshlarda giyohvandlikka qarshi kuchli ma'naviy immunitetni shakllantirish, ularni bevosita og'u savdosining ishtirokchisiga aylanib qolmasliklarini ta'minlashdan iboratdir.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.