Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA AZAMXON QORIXO'JA XOTIRASIGA BAG'ISHLANGAN IJODIY KECHA BO'LIB O'TDI
2022-06-08    450

Joriy yilning 8-iyun kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida marhum yozuvchi Azamxon Qorixo’ja xotirasiga bag'ishlangan ijodiy kecha o'tkazildi. Yozuvchining oila a’zolari, do’stlari va bir maktabda ta’lim olgan sinfdosh birodarlari tashrif buyurib ustozning ilmga bag’ishlangan hayoti to’grisida gapirib berdilar.

 

Yozuvchi Azamxon Qorixo’janing oila a’zolari ustoz bilan o’tkazgan ajoyib voqealarini, qiziqarli xotiralarini tabassum bilan so’zlab berdi. Ustoz yaxshi suhbatdosh, to’g’ri so’z, ziyrak , kitobga bo’lgan muhabbati va shu kabi fazilatlar egasi ekanligi uchun hozirgi kunda yurtimiz ravnaqiga munosib xissa qo’sha oluvchi ko’plab shogirdlarni yetishib chiqishiga munosib xissa qo’shdi.

 

Uchrashuv davomida yozuvchining “Gar ortiq so’z dedim” deb nom olgan kitobining taqdimoti ham bo’lib o’tdi. Taqdimot davomida universitetda birga ta’lim olgan kasbdoshi filologiya fanlari doktori U.Jo’raqulov kitobning naqadar nafis so’zlar bilan boyitilganligi, badiiy estetik didga hamda yorqin ma’naviy ozuqaga boy ekanligi haqida gapirib talabalarni ham bu kitob bilan yaqindan tanishishga chaqirdi.
 
Talabalar uchrashuvdan boy ma'naviy ozuqa oldilar. O'tkazilgan ijodiy kecha professor-ustozlar va barcha talabalar uchun juda foydali bo'ldi. 

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.