Andijon Davlat
Universiteti
OSIYO CHEMPIONLARI MUNOSIB KUTIB OLINDI
2022-06-08    810

Xabaringiz bor, joriy yilning 2-4-iyun kunlari Livan davlatining Juniya shahrida sportning jangovar sambo turi bo‘yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

 

Ushbu musobaqada Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti talabalari Ibodat Agajanova hamda O‘g‘iloy Kenjabayevalar universitetimiz sha'nini himoya qildilar.

Quvonarlisi ikki talabamiz ham Ibodat Agajanova 59 kg vazn toifasida, O‘g‘iloy Kenjaboyeva 54 kg vazn toifasida finalda Qozog‘istonlik raqiblarini munosib yengib faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.


G‘olib bo‘lgan talabalarimizni va ularga saboq bergan ustozlarini ushbu yuksak g‘alaba bilan universitet rektori Akramjon Yuldashev qutlaydi va kelgusida bundanda yuqori cho‘qqilarni egallashida ulkan zafarlar tilaydi.

Talabalarimiz Andijon davlat universiteti rektorining tegishli buyrug'i bilan bazaviy stipendiyaning 1 barobari (517 ming so‘m) miqdorida pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.