Andijon Davlat
Universiteti
TARIX FAKULTETIDA "SHARQ TAFAKKUR OLAMI" MAVZUSIDA INTELLEKTUAL TANLOV O‘TKAZILDI
2022-06-02    549

Joriy yilning 2-iyun kuni Andijon davlat universitetining axborot resurs markazida tarix fakultetining 2-bosqich talabalari o’rtasida "Sharq tafakkur olami" shiori ostida intellektual tanlovi bo’lib o’tdi.

Tashkil etilgan intellektual tanlovda talabalar tezkor savollar, tarqatma, rasmli savollar, test savollari, zakovat shartlarida bellashdilar.

"Sharq allomalarining ilmiy merosi" fani o‘qituvchisi Marg'ubaxon Radjapova tashabbusi bilan o’tkazilgan bellashuvda fakultetning 2-bosqich talaba-yoshlari ishtirok etdi.


Qiziqarli bahs-munozaralar bilan o’tkazilgan bellashuvning yakuniy natijalariga ko’ra; 1-o’rinni 201-guruh talabalari, 2-o’rinni 206-guruh talabalari, 3-o’rinni esa 203-guruh talabalari egalladi.

 

Tadbir so'ngida g'olib bo'lgan guruh talabalarini tarix fakulteti dekani Ravshanbek Shamsitdinov faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirladi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.