O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Internet tarmog'ida sodir etilayotgan huquqbuzarlikning oldini olishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" hamda 2022-yil 30-apreldan boshlab aholining barcha qatlami o‘rtasida kibertahdidlardan himoyalanishga qaratilgan "Kibergigiena kuni" va "Mahallamda kiberjinoyat bo‘lmaydi" shiori ostida ta'sirchan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish belgilangan.
Bugun, 1-iyun kuni Andijon davlat universitetida Ichki ishlar vazirligi hamkorligida "Kibertahdidlarga birgalikda qarshi kurashish davr talabi" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida viloyatimizning barcha davlat oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, tyutorlar, ishchi xodimlar va talabalar ishtirok etdi.
Dastlab O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimi Saidkamol Sadikov "Internetdagi tahdidlarni barvaqt oldini olish bo'yicha kompleks targ'ibot chora-tadbirlarining mazmun va mohiyati", Muhsinjon Sultonov" Kiberjinoyatlar bugungi kundagi asosiy tahdidlardan biri" mavzusidagi ma'ruzalari bilan tadbirda ishtirok etib, yoshlarimizni yana bir bor хushyorlikka chaqirdi. Xususan shaxsiy ma'lumotlarni oshkor etmaslik kerakligi, onlayn qimor oyinlarini o'ynaganlik, yolg'on feyk xabarlarni tarqatganlik uchun javobgarlik choralari belgilanganligi tushuntirildi.
Shundan so‘ng, Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi va YUNISEFning "Bolalar himoyasi" dasturi bilan hamkorlikda otkazilgan “Xalqaro xavfsiz Internet kuni"ga bag’ishlangan maktab o’quvchi-yoshlari o’rtasida o’tkazilgan “Eng yaxshi shior” tanlovi g’oliblari Toshkent shahri hamda Xorazm viloyatidan taqdirlash marosimi onlayn zoom dasturi orqali universitetimizda amalga oshirildi.
Uch'rashuv so'ngida talabalar o'zlarining qiziqtirgan barcha savollariga soha mutaxassislari tomonidan yetarlicha javob oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI