Respublikamizda bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha qator tizimli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan bugun 31-may kuni Andijon davlat universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan universitet qoshidagi Xonobod sanoat texnikumi rahbar-xodimlari va o‘qituvchilar ishtirokida “Korrupsiya adolat kushandasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu davra suhbatida universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Abdukarim Akbarov so’zga chiqib bugungi kunda korrupsiya millat ravnaqi uchun to’siq bo’luvchi katta omillar sirasiga kirishi ekanligini ta’kidlab, barchamiz bu illatga qarshi qo’l berib birgalikda kurashishimiz kerakligini aytib o’tdi. Suhbat mobaynida texnikum direktori J.Mamatov so’z olib, o’qish davomida yuz berishi mumkin bo’lgan korrupsion holatlar va bundan kelib chiquvchi salbiy vaziyatlar to’g’risida davra qatnashchilariga yetarlicha ma’lumot berdi.
Suhbat yakunida soha mutaxassislari tomonidan texnikumdagi o‘quv jarayonlar, u bilan bog‘liq bo‘lgan meyoriy hujjatlar, o‘quvchilar amaliyoti va uning nazorati bo‘yicha o‘rganish olib borildi. O‘rganishlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli uslubiy ko‘rsatmalar berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI