Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETINING TALABALAR TURAR JOYLARIDA MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
2022-05-31    478

Ma'lumki, Andijon davlat universiteti ma'muriyati tomonidan talabalar turar joylarida kechki konsert dasturlari an'anaviy tashkil etilmoqda.

 

Bugun, 31-may kuni Andijon davlat universitetining 4-5-talabalar turar joyida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida kechki konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

 

Ushbu tadbirda Andijon davlat universiteti san'atshunoslik fakultetining iste'dodli yoshlari tomonidan qiziqarli sahna-ko'rinishlar, sho'x kuy-qo'shiqlar ijro etilib, yoshlarimizga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

 

Kechki konsert dasturimizda san'atshunoslik fakulteti talabalari o'zlarini nafaqat qiziqarli, balki, ma'naviy ozuqaga boy bo'lgan sahna ko'rinishlari bilan munosib ishtirok etdi.

 

Ma'naviy-ma'rifiy kecha so'nggida faol ishtirok etgan talabalar universitetimiz ma'muriyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan munosib taqdirlandi.

 

Universitetimiz Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi Omadbek Olimjonov ushbu tadbirda barcha talaba-yoshlarni faol ishtirok etishga chorlaydi.

 

Ta’lim tizimida bu kabi madaniy tadbirlarni tashkil qilish, talabalarimizni san’atga mehr qo'yib, milliy ma’naviy ruhda tarbiyalashda katta o'rin tutadi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.