Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA "FARG‘ONA VODIYSIDA BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI SAQLAB QOLISHNING HOZIRGI ZAMON MUAMMOLARI VA YECHIMLARI" MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI
2022-05-30    621

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 101-F-sonli farmoyishi 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan 2022-yilda respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi asosida bugun, 30-may kuni Andijon davlat universitetida "Farg‘ona vodiysida biologik xilma-xillikni saqlab qolishning hozirgi zamon muammolari va yechimlari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti, Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy tadqiqot instituti, O‘zbekiston milliy universiteti, Farg‘ona, Namangan davlat universitetlari Andijon viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda ilmiy izlanishlarning natijalari bilan ishtirok etishni istagan professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, magistrlar hamda iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Anjumanni universitet o'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov kirish so'zi bilan ochib berdi.


Shundan so'ng sohaning yetuk mutaxassislari akademik Komoljon Tojiboyev "O'zbekiston florasini to'r tizimli xaritalash: dastlabki natijalar va rivojlantirish istiqbollari", prof. Svetlana Mambetullayeva "Экoлогическая оценка когерентных связей биосистемы Продусенты-консументы в условиях южного приараля" hamda yosh olimlar Rustamjon G'ulomov va Xayrulla Solijonovlar tomonidan "Farg'ona vodiysi zuluklari (Hirudiena) ning tur tarkibi va ekologik xususiyatlari" mavzusida o'zlarining ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.

 

Tadbirning ikkinchi qismida O'simliklar dunyosini saqlash va undan samarali foydalanish, hayvonot dunyosini asrash va undan samarali foydalanish, biologik xilma-xillikni saqlashning mintaqaviy ekologik muammolari va ularning yechimlari bo'yicha mutaxassislar beshta sho'balarga ajraldi.

Konferensiyaga tashrif buyurgan mehmonlar uchun universitetining san'atshunoslik fakulteti talabasi Kirgizbayev Oybek Odiljon o'g'li tomonidan tashkil etilgan  "Madaniyat va san'at oyligi doirasida" "Ijodimiz senga armug'on" deb nomlangan shaxsiy ijodiy ko'rgazmasi barcha uchun birdek manzur bo'ldi. 

 

Tashkil etilgan anjuman barcha ishtirokga, jumladan, professor-o'qituvchilar, yosh olimlar hamda talaba-yoshlar uchun ma'lumot almashishga dasturulamal bo'lib xizmat qildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.