Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETNING TALABALAR TURAR JOYIDA MA'NAVIY-MA'RIFIY KECHA TASHKIL ETILDI
2022-05-27    543

Bugun, 27-may kuni Andijon davlat universitetining 1-2-talabalar turar joyida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni madaniy hordiq olishlari uchun universitet ma'muriyati tomonidan ma'naviy-ma'rifiy kecha tashkil etildi.

 

Tashkil etilgan tadbirda mas'ul o‘qituvchilar, tyutorlar, tarbiyachilar hamda talabalar ishtirok etdi.

 

Konsert dasturida yosh ijodkorlar tomonidan ijro etilgan milliy va zamonaviy estrada yo‘nalishidagi qo‘shiqlar barcha tadbir qatnashchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. 

 

Tadbirda universitetning iqtidorli talabalaridan tashkil topgan quvnoqlar va zukkolar jamoasi tomonidan hazilga boy chiqishlar tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.

 

Mazkur tadbir yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirib, talaba-yoshlar o‘rtasidagi do‘stlik va ma’naviy yaqinlikni namoyon etdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.