Andijon Davlat
Universiteti
OLIYGOHIMIZDA "UMUMIY VA ANTROPOSENTRIK TILSHUNOSLIK HAMDA LINGVOADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN O’TKAZILDI
2022-05-27    590

Prezidentimizning 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida mamlakatimizda bugungi kunda ta'lim va tarbiya tizimini yangi bosqichiga olib chiqish hamda xalqaro standartlarga mos kadrlar  tayyorlash, talaba-yoshlarni ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Jumladan, joriy yilning 27-may kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida ingliz tili grammatikasi, ingliz tili va adabiyoti, ingliz tili fonetikasi kafedralarining "Umumiy va antroposentrik tilshunoslik hamda lingvoadabiyotshunoslikning dolzarb muammolari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi.

 

Dastlab ilmiy-amaliy anjumanni ochib berish uchun Andijon davlat universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov so'zga chiqib, bu kabi ilmiy-amaliy anjumanlar ko'plab tashkil etilishi, bu o'z navbatida ta'lim sohasini yanada rivojlanishiga yo'l ochib berishi to'g'risida gapirib o'tdi hamda konferensiyaga tashrif buyurgan professor-o'qituvchilarning bugungi kunda erishib kelayotgan ilmiy yutuqlari bilan samimiy tabrikladi.

 

Konferensiya davomida filologiya fanlari nomzodi, dotsent Bahodirjon Rahmonov, pedagogika fanlari doktori, Sharobiddin Alimov, filologiya fanlari doktori G’anijon Xoshimovlar o'z ma'ruzalari orqali shart komponentli gipotaksemalarning lingvokulturologik jihatlarining qiyosiy tadqiqi va o'zbek va ingliz tillaridagi ornitonimlarning differensial xususiyatlari haqida ishtirokchilarga ma'lumot berdilar.

 

Tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjuman professor-o'qituvchilarga, soha mutaxassilariga hamda magistrant talabalarga foydali ma'lumotlar almashinuvi uchun xizmat qildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.