Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA "TALABA 24" PLATFORMASIGA START BERILDI
2022-05-26    793

Bugun Andijon davlat universitetida tarix fakulteti talabalari tomonidan "Mehrimiz siz uchun" shiori ostida tashkil etilgan "TALABA 24"  Onlayn platformasining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Rustamjon Mullajonov ochib berdi va mana shunday loyihalar bo‘yicha talabalarning qiziqishlari, ularning say harakatlari borasida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida "Talaba 24"  loyihasi g‘oya muallifi Ilyosbek Qodirov so‘zga chiqib,  onlayn platforma haqida tushuncha berib o'tdi. Ushbu platforma talabalarga ijara xonadonlarini topish, bo’sh ish o’rinlari, o’quv kurslar faoliyati bo’yicha ma'lumotlar olish imkonini beradi. 

Tadbir yakunida "Talaba 24" loyihasining jamoa a'zolari va ularning ota-onalariga Andijon davlat universiteti rektorining Tashakkurnomasi hamda bir martalik pul mukofoti tantanali topshirildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.