Ma'lumki, respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bugun, 26-may kuni Andijon davlat universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i Abdukarim Akbarov ishtirokida filologiya fakulteti talabalari bilan "Korrupsiyaga qarshi birlashamiz" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Davra suhbatida fakultetning dekan o'rinbosarlari, mas'ul tyutorlar hamda 2-bosqich talabalari ishtirok etdi.
Suhbat davomida A.Akbarov barcha professor-o’qituvchilar va talabalarni korrupsiyaga qarshi kurashish yo’lida birlashishga chorlab, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash jarayonida yoshlarning o‘rni juda muhim ekanini aytib o'tdi.
Tashkil etilgan ushbu suhbatda barcha ishtirokchilar o'zlari uchun kerakli ma'lumotlarga ega bo'ldi hamda korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashishga va'da berdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI