Kuni kecha Andijon davlat universiteti san’atshunoslik fakultetida tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishining iqtidorli talabasi Rohilaxon Nuriddinovaning “Tasvirlarga singgan tuyg’ular” nomli shaxsiy ko’rgazmalar namoyishi bo’lib o’tdi.
Tashkil etilgan ushbu ko’rgazmaga viloyatimizning taniqli rassomlari, soha mutaxassislari, universitet rahbariyati hamda talabalar tashrif buyurib, ijodiy ishlarini birma-bir ko’zdan kechirdilar.
Rohilaxon tomonidan yaratilgan asarlar o‘zining rang-barang rangtasvir dasthati bilan ko’rgazmaga kelgan barcha tomoshabinni e’tiborini jalb etdi. Talabaning ijodida palitra diapazoni juda kеng, unda yumshoq intеnsiv ranglar bilan bir qatorda, aniq va quvvatga to‘la uyg‘un ranglardan foydalanganligi soha mutaxassislari tomonidan e'tirof etildi.
Ko’rgazma yakunida Rohilaxon Nuriddinova kelgusida o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, uning insoniyat tarixidagi o‘rni, taraqqiyot bosqichlarini xaqqoniy aks ettirish yo’lida astoydil ijodiy mehnat qilib, izlanishda to’xtamasligini aytib o’tdi.
Bu kabi ko‘rgazmalarni tashkil etish yoshlarda san’atga bo‘lgan ishtiyoqni uyg‘otadi. Shuningdek, asriy an’analarimizni shakllantiradi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI