Andijon Davlat
Universiteti
VILOYATIMIZDA BARCHA OLIY TA'LIM MUASSASALARINING TALABA-YOSHLARI O'RTASIDA VELOSPORT MUSOBAQASI O'TKAZILDI
2022-05-25    531

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-sentabrdagi PQ-5251-sonli qarori bilan tasdiqlangan Velosport turlarini 2021-2022-yillarda rivojlantirish dasturining 4(7)-bandida “Talabalar ligasi” velosport musobaqasini tashkil etish vazifasi belgilangan. Ushbu topshiriqni ijrosini ta'minlash maqsadida bugun, 25-may kuni Andijon davlat universitetining sport maydonida velosport turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada viloyatimizning barcha davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etib, musobaqaning bugungi bahslarida yoshlar yakkalik poyga bo'yicha musobaqalashdi. Reglamentga ko'ra, yakkalik poygalarda talabalar 3 km masofani bosib o'tdi va g’oliblik uchun bor mahoratlarini ishga soldilar.

Yakuniy natijalarga ko'ra, o‘g‘il-talabalalar o‘rtasida 1-o'rinni Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti 2-bosqich talabasi Xasanboy Bo‘stonov, 2-o'rinni Andijon davlat universitetining pedagogika instituti san'at va jismoniy madaniyatni o‘qitish metodikasi 1-bosqich talabasi Muhammadali Sodikov, 3-o'rinni Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti 2-bosqich talabasi Quyoshbek Isroilov egalladi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, qiz-talabalalar o‘rtasida 1-o'rinni Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti 3-bosqich talabasi Nargizaxon Ergasheva, 2-o'rinni Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti 2-bosqich talabasi Fotimaxon Ibragimova, 3-o'rinni esa Andijon davlat universitetining pedagogika instituti san'at va jismoniy madaniyatni o‘qitish metodikasi fakulteti 1-bosqich talabasi Rayxona Pozilova egalladi.

G‘olib bo‘lgan talabalarga Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev va universitetimiz xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnoma tantanali topshirildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.