Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA OLIY TA'LIM MUASSASALARI O‘RTASIDA "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL O'YININING 5-TUR BAHSLARI O’TKAZILDI
2022-05-23    506

Respublikamizda iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish,  shuningdek, talabalarning intellektual salohiyatini yuksaltirish bo'yicha "Zakovat" intellektual turnirlari an'anaviy o'tkazib kelinmoqda.

 

Ma'lumki, viloyatimiz oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida "Zakovat" turniri o‘tkazilmoqda. Joriy yilning 20-may kuni Andijon davlat universitetida “Zakovat” intellektual o’yinining 5-tur bahslari ochiq osmon ostida bo’lib o’tdi.

 

Ushbu turnirda viloyatimizning barcha davlat oliy ta’lim muassasalari talabalaridan tashkil topgan 16 ta jamoa ishtirok etib, g‘oliblik uchun bor mahoratlarini namoyon qildilar.

 

5-turning yakuniy natijalariga ko’ra, universitetimiz sha'nini himoya qilib kelayotgan "Universal" hamda "A-Zet" jamoalari 17 balni qo‘lga kiritib, jadvalning 2-3-pog‘onalarini egallab kelmoqda.

 

Ma’lumot uchun “Zakovat” intellektual musobaqasining 6-tur bahslari Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida bo’lib o’tadi. Ushbu bahslarda siz ham o’z jamoangiz bilan ishtirok etib, g’oliblik uchun bellashing.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.