Andijon Davlat
Universiteti
“TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH” MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI
2022-05-21    496

Vazirlar mahkamasining 2022-yil 14-martdagi 51-sonli bayoni bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar rejasining 51-bandida xotin-qizlarning intellektual mulk obyektlariga potent olishlariga ko’maklashish hamda ularni faoliyatiga innovatsion yondashuvni joriy qilish maqsadida joriy yilning 20-may kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi hamda ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi hamkorligida "INNOWOMENWEEK" xotin-qizlarning innovatsion haftaligi tadbirlari doirasida ayol tayanch doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrlar va bakalavr yo‘nalishida tahsil olayotgan iqtidorli talaba-qizlar uchun “Ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil qilindi.

 Seminarni  Andijon davlat universiteti rektori, professor A.S.Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Shundan so’ng axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor M.Mahkamov “Raqamlashtirish va yangi texnologiyalarni zamonaviy ta’lim sohalarida qo‘llanilishi”, ilmiy - tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi rahbari A.Imirsinova “Xotin-qizlar o‘rtasida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzularida ma’ruza qildilar.

 

Shuningdek universitetning tayanch doktoranti F.Jamalova “Oliy matematika” elektron darsligi,  M.Akbarova “Talabalar turargohi” loyihasi, H.Qosimjonova “NanoXplorer programmasi” loyihasi taqdimotini seminar ishtirokchilariga havola etdi.

 

Ilmiy-amaliy seminar savol-javoblar, munozara va takliflarga boy tarzda o‘tdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan bir ovozdan ko‘rilgan masalalarning qiziqarli hamda dolzarbligini hisobga olib, ushbu ilmiy-amaliy seminarni universitetda ilmiy-tadqiqot olib borayotgan xotin-qizlar uchun har chorakda davomiy ravishda tashkil etish uchun kelishib olindi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.