Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNVERSITETIDA "TARBIYACHINING INNOVATSION VA KREATIV FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISH" MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO'LIB O'TDI
2022-05-20    660

Ma’lumki, bugungi kunda yosh avlodning maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan to oliy ta’limgacha bo‘lgan uzluksiz bilim olishlari, kasb o‘rganishi uchun shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur sohadagi islohotlar izchil davom ettirilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini hozirgi zamon talablari va standartlari asosida rivojlantirish, ularni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga qaratilayotgan e’tibor zamirida ham kelajagimiz egalarining hech kimdan kam bo‘lmay ulg‘ayishlari hamda buyuk ajdodlarga munosib voris bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlashdek ezgu maqsad mujassam.

 

Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 - yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312 sonli Qarori ushbu tizim faoliyatini yanada yangi bosqichga ko‘tarish, sohani bugungi kun talablari darajasida modernizatsiya qilish, uning istiqbolini, strategiyasini belgilashga xizmat qilishi, shubhasiz.

 

Joriy yilning 19-may kuni Andijon davlat universiteti maktabgacha taʼlim fakultetining maktabgacha taʼlim metodikasi kafedrasi tomonidan “Tarbiyachining innovatsion kreativ faoliyatini raqamlashtirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjuman tashkil etildi.

 

Anjumanda Germaniya, Koreya, Rossiya hamda Qozogʻiston nufuzli oliy o‘quv yurtlarining maktabgacha ta’lim sohasidagi yetakchi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Ushbu konferensiya davomida universitet Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Rustamjon Mullajonov o‘z maʼruzasi bilan qatnashib, so‘ng anjuman ishtirokchilarini qizg‘in tabrikladi va bu kabi xalqaro darajadagi anjumanlar har yili o‘tkazilishini taklif etdi.

 

Mazkur anjumanga kelib tushgan maqolalar maktabgacha ta’lim tizimini raqamli texnologiyalar orqali takomillashtirish, bu borada xorijiy tajribalardan foydalanish, maktabgacha ta’limda mashg‘ulotlarni tashkil etishda yangi zamonaviy metodlar samaradorligini ta’minlash yo‘llari, oliy ta’lim tizimida bo‘lajak tarbiyachilarni tayyorlashda integratsion faoliyatni tashkil etishda klaster usulining afzalliklarini yoritishga qaratilgan.

 

Bugungi anjuman ilmiy izlanishlar olib borayotgan talabalar, magistrantlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va sohaning yetuk mutaxassislari uchun ayni foydadan xoli bo‘lmaydi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.