Andijon Davlat
Universiteti
SIRTQI BO'LIMI TALABALARI BILAN "KORRUPSIYAGA QARSHI BIRLASHAMIZ" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI
2022-05-19    604

Korrupsiya jamiyat taraqqiyotining asosiy kushandasidir. Korrupsiyani oldini olish va jamiyatimizda korrupsion holatlarni yuz bermasligi yo’lida bugungi kunga kelib qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu jumladan joriy yilning 18-may kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida axborot-texnologiyalar boʻyicha prorektor, rektor maslahatchisi, korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi, universitet matbuot kotibi hamda sirtqi taʼlimida tahsil olayotgan talabalarning guruh sardorlari ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi birlashamiz" mavzusidagi davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Dastlab Abdukarim Akbarov O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 5-martdagi 120-sonli hamda 2021-yil 28-iyundagi 281-sonli buyrug'i asosida universitetda tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining maqsad va vazifalari, institutda korrupsion holatlarning oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, universitet rahbariyati bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar, kelgusi rejalar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tildi hamda ta’lim jarayonida talaba korrupsion holatlarga duch kelib qolgan taqdirda ushbu bo’limning @adu_anticorruptionbot shaxsiy bot platformasiga murojaat etishlarini so’radi.

Shundan so'ng Fuqarolik jamiyati kafedrasi katta o'qituvchisi Yusufbek Jahongirov “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostidagi o’z ma’ruzasida korrupsiyaga qarshi barchamiz birlashib, birdamlik bilan bu illatga qarshi chiqishimiz kerakligini ko’p bor ta’kidlab o’tdi.

Davra suhbati yakunida talabalar o’zlarning qiziqtirgan savollari bo’yicha soha mutaxassislaridan yetarlicha javob oldi. Tashkil etilgan davra suhbati barcha ishtirokchilar uchun birdek manzur bo’ldi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.