Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 4-mart kuni oliy oʼquv yurtlari talabalari bandligini taʼminlash boʼyicha ustuvor vazifalarga bagʼishlangan videoselektor yigʼilishi o’tkazildi. Ushbu yig’ilishda belgilab berilgan topshiriqlarning ijrosini taminlash maqsadida oliygohimizda davra suhbatlari va uchrashuvlar tizimli tashkil etilmoqda.
Bugun, 18-may kuni Andijon viloyati Turizm bosh boshqarmasi hamkorligida Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida "Karyera kuni" munosabati bilan talabalar bandligini ta'minlash maqsadida mehnat yarmarkasi o'tkazildi.
Tashkil etilgan mehnat yarmarkasida "Silk road Samarqand" turizm markazining ta’lim va rivojlanish bo’limi rahbari Yeketerina Shvesova hamda Oʻlmas Abdusattorov tomonidan ushbu markazining taqdimoti o'tkazildi.
Taqdimot marosimi davomida Y.Shvesova mehmonxona haqida koʻplab maʼlumotlar berib, undagi shart-sharoitlar toʻgʻrisida gapirdi. So'ngra mehmonxonada mavjud bo'sh ish oʻrinlari boʻyicha maʼlumot berdi va mehmonxonada ishlamoqchi bo'lgan talabalarga ishga kirish tartibi bosqichma-bosqich tushuntirib o'tildi.
Taqdimot so'ngida talabalar tashrif buyurgan soha mutaxassislaridan o'zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob oldi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI