Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA "YANGI OʻZBEKISTONNI OʻZIMIZ, OʻZ QOʻLLARIMIZ BILAN BUNYOD ETAMIZ!" SHIORI OSTIDA RESPUBLIKA ESSELAR TANLOVINING HUDUDIY BOSQICHI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
2022-05-01    588

Ma'lumki, Andijon viloyatidagi oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishi talabalari oʻrtasida "Yangi Oʻzbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻllarimiz bilan bunyod etamiz!" shiori ostida respublika esselar tanlovi oʻtkazilmoqda.

Joriy yilning 18-may kuni Andijon davlat universitetida ushbu tanlovning hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi va unda viloyatimizdagi 6 ta oliy ta'lim muassasalarining universitet (institut) bosqichida g'olib bo'lgan 18 nafar talaba-yoshlar ishtirok etib, bor mahoratlarini namoyon qildilar.

Hududiy bosqichda tanlovga muvofiq "Yangi O'zbekiston mening tasavvurimda" mavzusida ishtirokchilar belgilangan vaqt mobaynida esse bo’yicha ijodiy namunalarini yozishdi.

Ushbu tanlovni viloyatimizdagi sohaning yetuk mutaxassislari - O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Andijon viloyat bo'limi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi, O'zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi hamda O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limining vakillari hakamlik qilib jarayonning adоlаtli o‘tishini taminlab bordilar.

Natijalarga ko’ra, Andijon davlat tibbiyot instituti pediatriya yo‘nalish talabasi Shahrizoda Yuldasheva faxrli 1-o’rinni, Andijon davlat universitetining pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalish talabasi Mavzunaxon Muhammadjonova faxrli 2-o’rinni, Andijon davlat universiteti fizika yo‘nalishi talabasi Zarinaxon Zokirova faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi.

 

Ushbu tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalarimizni va ularga ilm yo‘lida saboq berib kelayotgan ustozlarini qutlab, respublika bosqichidagi ishtiroklariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

 

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.