Andijon Davlat
Universiteti
OZARBAYJON-TURKMANISTON-OʻZBEKISTON ADABIY ALOQALARI BOʻLIMI MUDIRI, PROFESSORI, ALMAZ ULVI BINNATOVA UNIVERSITETIMIZDA
2022-05-17    523

Kuni kecha Andijon davlat universitetiga Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi taklifiga binoan Nizomiy Ganjaviy nomidagi Ozarbayjon Milliy Ilmlar Akademiyasi Adabiyot instituti “Ozarbayjon-Turkmaniston-Oʻzbekiston adabiy aloqalari” boʻlimi mudiri, Boku davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Almaz Ulvi Binnatova tashrif buyurdi.

Dastlab universitetimizning kichik majlislar zalida Almaz Ulvi Binnatova universitetimiz talabalariga “Oʻzbekiston-Ozarbayjon adabiy aloqalari” fanidan dars mashgʻulotlari o'tdi.

Kunning ikkinchi yarmida mehmon universitetimiz qoshida tashkil etilgan "Qatag'on qurbonlari hotirasi" muzeyiga bordi va muzeyda tashkil etilgan tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishib chiqdi.

Bundan tashqari, Bobur xalqaro fondi raisi Zokirjon Masharipov bilan uchrashuv va fond qoshidagi Arxeologiya muzeyiga sayohat mehmonimiz uchun juda manzur bo'ldi.

Professor Almaz Binnatova universitetimizning professor-o'qituvchilariga tashkil etilgan uchrashuv uchun o'z minnatdorchiligini bildirdi.

Almaz Binnatova universetimizda 3 kun davomida talabalar bilan suhbat olib boradi. Ushbu adabiy suhbatga sizni ham taklif qilib qolamiz.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.