Andijon Davlat
Universiteti
AQSHNING SHIMOLIY JORJIYA UNIVERSITETI PROFESSORI JON ROMERO TARIX FAKULTETI TALABALARI UCHUN ONLAYN MA'RUZA MASHG‘ULOTLARINI OLIB BORDI
2022-05-17    591

Ma'lumki, Tarix fakulteti dekani Ravshanbek Shamsitdinov joriy yilning avgust-dekabr oylarida AQSHning Shimoliy Jorjiya universitetida oʻquv, ilmiy sohalarda malakaviy amaliyot safarida boʻlib qaytdi.

Safar davomida ikki oliy ta'lim oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolanib, bu bo‘yicha bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 12-17-may kunlari Andijon davlat universiteti tarix fakulteti talabalari uchun Shimoliy Jorjiya universitetining professori Jon Romero “Rossiya tarixi” fanidan “1920-1940-yillarda Sovet xokimyatining milliy siyosati” va “1950-1960-yillarda Tatar ASSR madaniyati va siyosati” mavzularida maʼruzalar oʻqidi.

Olib borilgan ma'ruza so'ngida talabalar o'zlarining qiziqtirgan barcha savollariga professor tomonidan yetarlicha javob oldilar.

Professor Jon Romero tomonidan olib borilgan ma'ruza mashg'ulotlari talabalarning bilim ko'nikmalarini oshirishda va kelgusi ilmiy faoliyatlarini mustahkamlashda dasturul amal bo'lib xizmat qiladi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.