Andijon Davlat
Universiteti
"NOFILOLOGIK YOʻNALISHLARDA MAXSUS MAQSADLARGA YOʻNALTIRILGAN INGLIZ TILI" BOʻYICHA SEMINAR TRENING O’TKAZILDI
2022-05-17    942

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O’zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish to’grisida”gi PQ 5117-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligining 2022-yil 14-martdagi A-01-160  sonli qarorlarining ijrosini ta'minlash maqsadida bugun, 17-may kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Chet tillar fakulteti hamda "UzTesping" hamkorligida "Nofilologik yoʻnalishlarda maxsus maqsadlarga yoʻnaltirilgan ingliz tili" boʻyicha seminar trening boʻlib oʻtdi.

Ushbu seminarda Amerikalik mashxur professor Estela Eaton o'zining "What it is, What it isn't" nomli prezentatsiyasi, Nukus Pedagogika Instituti o'qituvchisi Aybolgan Borashova "The Role of Needs Analysis Practical Session: Working with Mixed Level Groups", Respublikaning yetuk soha mutaxassislari, universitetimizning professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.   

Shuningdek universitetimizdan Dildora Isroilova "The importance of soft skills in developing cross cultural and professional communication in engineering students" nomli prezentatsi bilan Dilafruz Satimova hamda Zamira Alimjanovnalar ham mavzu doirasida nutq so'zladilar.

Tashkil etilgan seminar treningdan ko’zlangan asosiy maqsad Nofilologik ta'lim yo'nalishlari talabalariga kasbga yo’naltirilgan ingliz tili o’qitilishini takomillashtirish hamda o’qituvchilar uchun zamonaviy o’qitish metodik ko’nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Seminar trening davomida professor-o’qituvchilar nofilologik yo'nalishlar uchun o’z mualliflik ostida nashr etilgan o’quv qo’llanmalari, lug'atlari haqida ishtirokchilarga qisqacha ma’lumot berdilar.

Seminar so'ngida universitetimiz hamda "UzTesping" hamkorlik doirasida aloqalarni mustahkamlash maqsadida Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi tomonidan D.Satimova Toshkent viloyatida 19-21-may kunlari bo'lib o'tadigan "ESR araund the Globe: Teaching and Research" konferensiyaga taklif etildi.

 

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.