Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA "NUTQ MADANIYATI VA TILSHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI O'TKAZILDI
2022-05-16    699

Necha asrki, tilshunoslik ilmi yo'lida olib borilayotgan izlanishlar, chin ma'noda ajdodlarimiz ishlarini davom ettirmoqda desak, adashmagan bo‘lamiz.Hozirgi kunda fidokor ilm ahli bu borada ko'plab ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.Tilshunoslikning mana shunday ulug‘ darg'alari sifatida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan xalq ta'limi xodimi, filologiya fanlari doktori, professor Abdulhamid Nurmonovni ta'kidlamog'imiz zarur.

Bugun, 16-may kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xalq ta’limi xodimi, professor Abdulhamid Nurmonov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “Nutq madaniyati va tilshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi.

Ushbu ilmiy-amaliy anjumanda Abdulhamid Nurmonovning ilm yo‘lidagi hamkasblari, do‘stlari, oila a'zolari va shogirdlari ishtirok etdi.

Dastlab anjumanni ochib berish uchun universitet o’quv ishlari bo’yicha prorektor Rustamjon Mullajonov so'zga chiqib, ustozning ilmga bag'ishlangan hayoti va boy ijodiy merosi haqida gapirib o’tdi.

Shundan so‘ng akademik Sirojiddin Zaynobiddinov, professor Ibrohimjon Asqarov, Shohida Shahobiddinova hamda filologiya fakulteti dekani Bahodir Rahmonov tilshunoslikning ulkan darg’asi, be’nazir ustoz haqida o'zining ajoyib fikrlari va ma'ruzalari bilan davom ettirdi.

Konferensiyadan so’ng tadbir qatnashchilari va ustozning bir guruh shogirdlari uning xonadoniga tashrif buyurdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.