Bugun, 14-may kuni Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev universitetimizda faoliyat olib borayotgan tyutorlar bilan davra suhbati tashkil etdi.
Ushbu uchrashuvda rektor maslahatchisi Azizbek Yuldashev, universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Rustamjon Mullajonov va universitetimizdagi barcha tyutorlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda dastlab universitet rektori A.Yuldashev so‘z olib, tyutorlar faoliyatida yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo'yicha ko'rsatmalar, kelgusida qilinishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan topshiriqlar berdi va tyutorlar faoliyati davomida korrupsion holatlardan ehtiyot bo'lishlari, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chеk qo‘yish, ularning oqibatlarini, unga imkon bеruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun jinoyatchiga jazo muqarrar ekanini aytib o‘tdi.
Bo'lib o'tgan muloqotda tyutorlarning ish faoliyati bilan bog'liq bo'lgan muammolar va kamchiliklar atroflicha muhokama etilib, ularning faoliyatida fakultet dekan o'rinbosarlari ko'makdosh bo'lib, ish olib borishi kerakligi aytildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI