Bugun, 14-may kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitetimizning oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Mullajonov Rustamjon Vohobjonovich ishtirokidagi korrupsiya holatlarini oldini olish va chora tadbirlar yuritish maqsadida professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Dastlab o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Rustamjon Mullajonov so‘zga chiqib, korrupsiya jamiyat rivojlanishini orqaga tortuvchi bosh omil ekanligi hamda bu illatga qarshi kurashish uchun birlashish kerakligi to‘g‘risida gapirib o'tdi.
Shundan so'ng suhbat davomida mas'ul xodimlarga kelgusida qilinishi muhim boʻlgan ishlar yuzasidan kerakli ko'rsatmalar berib oʻtdi va mavjud muammolar va ularning yechimlari to‘g‘risida fikr-mulohazalar almashdilar.
Tashkil etilgan ushbu davra suhbatida ishtirok etgan professor-o'qituvchilar va talabalar oʻzlariga kerakli bo'lgan maʼlumotlarni oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI