Andijon Davlat
Universiteti
TALABA-YOSHLARNING BILIMI ZAKOVATDA CHARXLANDI
2022-05-13    380

Bugun, 13-may kuni Andijon davlat universitetining filologiya fakultetida universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limining Talaba-yoshlar klubi a'zosi Mirzajonov O'tkirbek hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi hamkorligida 7-oktabrdan beri o'tkazilib kelinayotgan "Zakovat" intellektual o'yinining final bosqichi bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni hamda korrupsiyaga qarshi ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirishdan iborat.

O'tkazilgan ushbu "Zakovat" o'yinida fakultetning "Just perfect", "Moziy" hamda "Paradox" jamoalari ishtirok etdi.

O'yin qizg'in va shiddatli munozaralarga boy tarzda bo'lib o'tdi.

O'tkazilgan finalda fakultetning "Just perfect" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritib, "2021-2022-yilning eng zakovatli guruhi" deb topildi.

O'yin yakunida barcha jamoalar universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limining faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

G'oliblarimizga bardavom muvaffaqiyatlar va ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.