Andijon Davlat
Universiteti
NAVBATDAGI SAYYOR QABUL VILOYATIMIZNING BULOQBOSHI TUMANIDA BO‘LIB O‘TDI
2022-05-13    478

Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, joylarga chiqib ularning dardiga quloq solish va shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning asosiy vazifalaridan biri bo'lib kelmoqda. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.

Ma'lumki, Andijon viloyatida Prezident maslahatchisi Tursunxon Xudoyberganov, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hamda viloyat tashkilotlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul bo'lib o'tmoqda.

Bugun, 13-may kuni Buloqboshi tumanida viloyatimizdagi tashkilot-muassasalar rahbarlari va fuqarolar ishtirokida ommaviy sayyor qabul yuqori saviyada o'tkazildi.

Ushbu sayyor qabulda Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev faol ishtirok etib kelmoqda. Hozirga qadar viloyatimizdagi barcha oliy ta'lim muassasalari rektorlariga 39 nafar fuqarodan murojaatlar kelib tushgan va aksariyat fuqarolarning muammolari ijobiy hal etilib, qolgan murojaatchilarga me'yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ko'rsatmalar berildi. O'tkazilayotgan ommaviy sayyor qabul jarayonlarida Andijon davlat universiteti talabalarining ham muammolari bartaraf etilmoqda. 

Andijon xalqi oʻzini qiziqtirgan savollari va muammolariga yechim topish maqsadida viloyatimizda o‘tkazilayotgan sayyor qabulga kelib, muammolariga ijobiy yechim topishmoqda.

Zero, xalq bilan muloqot, ularning dard-u tashvishi bilan yashash eng asosiy maqsadlarimizdan biri boʻlib, uning roʻyobi yurtimiz ravnaqiga va  yanada gullab-yashnashiga, xalqimizni tinch, osuda, farovon hayot kechirishlarini taʼminlashga xizmat qilib kelmoqda.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.