Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA "XALQARO OILA KUNI" MUNOSABATI BILAN DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI
2022-05-13    935

Ma'lumki har yili 15-may - "Xalqaro oila kuni" nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda keng tantanalar bilan nishonlanadi.

Joriy yilning 12-may kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida “Xalqaro oila kuni”ga bagʼishlangan “Oilalarda milliy qadriyatlarni mustahkamlash” mavzusida talaba-qizlar oʼrtasida davra suhbati oʼtkazildi.

Davra suhbatida Oʼzbekiston musulmonlar idorasi Аndijon viloyati vakilligi bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari boʼyicha yordamchisi Shoiraxon Qosimova, tilshunoslik kafedrasi professori, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan yoshlar murabbiyi Shohidaxon Shohobiddinova, Аndijon davlat universiteti huquqshunosi Mo'tabarxon Sodiqova, Аndijon davlat tibbiyot instituti Akusherlik va ginekologiya kafedrasi katta o'qituvchisi, tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori Gulrux Qo'ziyevalar oʼzlarining maʼruzalari va fikr-mulohazalari bilan qatnashdi.

“Xalqaro oila kuni”ning paydo boʼlishi, oʼsib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash, oila nufuzini koʼtarish, oilalarning jamiyatdagi munosabatlarga boʼlgan eʼtiborini yanada rivoj toptirishdir.

Tashkil etilgan suhbat davomida talaba-qizlar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi hamda mutaxassislar tomonidan berilgan kerakli tavsiyalarga ega bo'ldi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.