Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI O’QITUVCHISI NEʼMATJON BEKMURATOVNING “CHIZGILARDA AJDODLARIMIZ NAFASI” NOMLI IJODIY ISHLAR KOʻRGAZMASI O’TKAZILDI
2022-05-12    413

Bugun, 12-may kuni Andijon davlat universiteti sanʼatshunoslik fakulteti tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi kafedrasi oʻqituvchisi, Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, mohir rassom Neʼmatjon Bekmuratovning shogird oʻquvchi va talabalari bilan hamkorlikda Andijon viloyati Badiiy ijodkorlar uyushmasi koʻrgazmalar zalida “Chizgilarda ajdodlarimiz nafasi” deb nomlangan ijodiy ishlar koʻrgazmasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

 

Tadbirning tantanali ochilish marosimiga nafaqat Andijon, balki respublikamizning Toshkent, Namangan kabi viloyatlaridan taniqli musavvirlar tashrif buyurdi.

 Oʻziga xos mahorat maktabi sifatida shakllangan Neʼmatjon Bekmuratov asarlari tomoshabinlarning hayratlariga sabab boʻldi.

Koʻrgazmada N.Bekmuratovning koʻp yillik shogirdlari bilan bir qatorda bugungi kunda Andijon davlat universitetida tahsil olayotgan shogird ijodkor talabalar ham oʻz ijod namunalarini tomoshabinlar hukmiga havola etdi.

 

Tadbir so'ngida Neʼmatjon Bekmuratov va uning faol ijodkor shogirdlari badiiy ijodkorlar uyushmasining faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.