Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA "YANGI OʻZBEKISTONNI OʻZIMIZ, OʻZ QOʻLLARIMIZ BILAN BUNYOD ETAMIZ!" SHIORI OSTIDA RESPUBLIKA ESSELAR TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHI OʻTKAZILDI
2022-05-12    542

Xabaringiz bor, Andijon davlat universitetining bakalavriat taʼlim yoʻnalishi talabalari oʻrtasida "Yangi Oʻzbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻllarimiz bilan bunyod etamiz!" shiori ostida respublika esselar tanlovi oʻtkazilmoqda.

Bugun, 12-may kuni universitetimizda ushbu tanlovning universitet bosqichi boʻlib oʻtdi va unda fakultet bosqichida g'olib bolgan universitetimizning 11 ta fakultetlaridan 35 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Ushbu bosqichda tanlovga muvofiq "Yangi Oʻzbekiston - yangi maqsadlar" mavzusida esselar tanlovi o'tkazildi va tanlovni universitetimizning yetuk mutaxassislari tomonidan nazorat qilib borildi.

Yakuniy natijalarga ko'ra 1-o'rinni filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Cho'liyeva Feruza Mo'minjon qizi, 2-o'rinni chet tillar fakulteti 2-bosqich talabasi Mavlonova Husnira Mavlonbek qizi hamda 3-o'rinni fizika-matematika fakulteti 1-bosqich talabasi Zokirova Zarina O'tkirbek qizi egalladi.

Tanlovda g'olib bo'lgan talabalar universiteti rektori hamda xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan esdalik sovg'alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

 

G'oliblarimizni kelgusida viloyat bosqichadagi ishtirokiga omad tilaymiz. Sizlarga universitet doim ishonadi!

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.