Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA "XOTIRA AZIZ-QADR MUQADDAS" SHIORI OSTIDA ADABIY-BADIIY KECHA O'TKAZILDI
2022-05-12    533

Joriy yilning 11-may kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitetimizning iqtidorli hamda faol talabalar ishtirokidagi 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Xotira aziz-qadr muqaddas” shiori ostidagi adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Badiy kecha avvalida tadbir ishtirokchilari uchun yurtimiz sharafi yo’lida jon fido qilgan ajdodlarimiz nomini ulug’lash va bugungi kunga shukronalik qilishni tarannum etgan videorolik taqdim etildi.

Adabiy-badiiy kecha davomda iqtidorli talabalar tomonidan ijro etilgan “Katyusha” qo’shig'i hamda “Semulyanka” raqsi barcha uchun birdek manzur bo’ldi.

Tashkil etilgan tadbir so’ngida faol ishtirok etgan talabalarga universitet ma'muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.