Bugun, 11-may kuni erta tongdan Andijon shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida viloyatimizdagi tashkilot-muassasalar rahbarlari va fuqarolar ishtirokida ommaviy sayyor qabul oʻtkazilmoqda.
Oʻtkazilayotgan bu kabi sayyor qabullardan asosiy maqsad fuqarolarning taklif va murojaatlarini tinglash va ularga yechim topishdan iborat.
Ushbu sayyor qabulda viloyatmizdagi oliy ta'lim muassasalari rektorlari ishtirok etmoqda. Xususan, Andijon davlat universiteti rektori Yuldashev Akramjon Sultonmurodovich ham faol ishtirok etib, hozirga qadar 15 nafar murojaatchilarning savol va muammolariga ijobiy yechim topib, muammolarini bartaraf etdi.
Abituriyentlar va ota-onalar oʻzining qiziqtirgan savollariga javob olish maqsadida sayyor qabuliga kelib, kerakli koʻrsatmalar olishmoqda.
Andijon viloyatida ommaviy sayyor qabullar davom etadi. Siz ham keling, o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob oling. Biz sizni kutib qolamiz!
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI