Joriy yilda "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta'minlashda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Davlat test markazi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklar rahbarlarining shaxsiy mas'uliyati hamda olib borilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini o'rganish bo'yicha ishchi guruh tuzilib, respublikamizdagi barcha ta'lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda.
Ushbu qarorning ijrosini ta'minlash maqsadida bugun, 10-may kuni Andijon viloyatiga Vazirlar Mahkamasi Ta'lim, sog'liqni saqlash va sport masalalari kotibyat mudiri Sh.Karimov boshchiligida ishchi guruh a'zolari tashrif buyurdi.
Ushbu tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad ta'lim sifatini nazorat qilish va undagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta'lim tashkilotlari tomonidan berilgan takliflarni yuzaga chiqarishdan iborat.
Dastlab Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida ishchi guruh rahbari Sh.Karimov rahbarligida yig'ilish-anjumani bo'lib o'tdi.
Ushbu yig'ilishda ishchi guruh a'zolari va Andijon viloyatidagi mavjud ta'lim muassasalari rahbarlari, jumladan, viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari rektorlari ishtirok etdi.
Yig'ilish davomida amalga oshirilishi lozim bo'lgan bir qator ishlar rejalashtirib olindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI