Andijon Davlat
Universiteti
O‘SH DAVLAT UNIVERSITETINING TALABA-YOSHLARI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA
2022-05-10    710

Xabaringiz bor, joriy yilning 27-aprel kuni Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetidan 20 nafardan ziyod talaba-yoshlar hamkorlik doirasida Andijon davlat universitetiga talaba almashinuvi asosida o‘zlarining malakasini almashish uchun tashrif buyurdilar.

 

Bundan ko'zlangan asosiy maqsad millatlararo hamjihatlikda ishlash, turli malaka va ko'nikmalar almashish va talaba-yoshlar kelgusi faoliyatida bir-birlari bilan o'zaro hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishdan iborat.

 

Tashrif chog'ida talabalar o'zlarining yo'nalishi bo'yicha Andijon davlat universitetining bir qator fakultetlarida bo'lib, dars mashg'ulotlarini kuzatib, o'zlariga kerakli ma'lumotlar olib, turli metod va malakalarga ega bo‘lishmoqda.

 

Shuningdek, ular viloyatimizda hozirgi kunda o‘tkazilayotgan "Madaniyat va yoshlar oyligi"da ham qatnashib kelmoqda. Ayniqsa, "Andijon polkasi" raqsi mehmon talabalarni o'ziga rom etdi.

 

Talabalar viloyatimizdagi joylarga tashrif buyurib, Andijon haqida iliq taassurotlarga ega bo'lishmoqda.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.