Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 2018-yil 27-iyundagi PQ-3808-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Andijon davlat universitetida "Sog'lom oila asoslari" mavzusidagi fakultativ o'quv kurslari tashkil etilgan edi.
Ushbu masala yuzasidan joriy yilning 28-aprel kuni Andijon davlat universitetida malakali mutaxassis tomonidan universitetda har bir fakultetning 3-bosqich talabalari uchun seminar-trening mashg'ulotlari bo'lib o'tdi.
Ushbu seminar-trening mashg'ulotlari talaba-yoshlarni oilaga tayyorlash, ularni sog'lom turmush tarziga da'vat etish maqsadida tashkil etilgan bo'lib, unda, asosan, tegishli mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiyalar berildi hamda ular talaba-yoshlar bilan birgalikda erkin muloqot tarzda suhbat o'tkazdi.
Tashkil etilgan seminar-trening mashg'ulotlari barcha talabalarni o'ziga jalb etdi va ular o'zlari uchun kerakli xulosalarga ega bo'ldi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI