Andijon Davlat
Universiteti
YANGI XORIJIY HAMKOR
2018-03-01    5708

Janubiy Koreyaning Soseong Kollej universiteti direktor o‘rinbosari Kiyong-don Yung va talabalar bilan ishlash bo‘limi xodimi Xieong-kiong Kim Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Andijon davlat universiteti va koreys tiliga qiziquvchi yoshlar bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi.

Mehmonlarga universitet maketi va tasviriy san’at ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan chizilgan rasmlar ko‘rgazmasi tanishtirildi. Shundan so‘ng, universitetning ming o‘rinli binosida joylashgan Koreys tili o‘quv markazi bilan tanishtirildi.

So‘ng universitetning katta majlislar zalida talaba-yoshlar va o‘qituvchilar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Soseong Kollej universiteti direktor o‘rinbosari Kiyong-don Yung Janubiy Koreya ta’lim muassasasi talabalariga yaratilgan sharoit bilan tanishtirdi. Talabalar Koreyada o‘qish uchun zarur talab va ko‘rsatmalar bo‘yicha savollar berdilar. Shundan so‘ng,  talabalar bilan ishlash bo‘limi xodimi Xieong-kiong Kim tomonidan Soseong Kollej universiteti haqida qisqa metrajli video rolik namoyish etildi.

Mazkur uchrashuv jarayonida universitetning boshlang‘ich ta’lim, musiqa va TSMG ta’lim yo‘nalishi bilan hamkorlikda talaba almashinuv dasturi ishlab chiqish kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida mehmonlar universitet rahbariyatiga va mazkur uchrashuvni tashkil etishda faol ishtirok etgan Andijon shahridagi Orange language School (ingliz tili o‘quv markazi) rahbari Daminov Nurziyodga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Xabibaxon ABDUXALIMOVA
Xalqaro aloqalar bo‘limi uslubchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2022. Barcha huquqlar himoyalangan.