Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA "9-MAY - XOTIRA VA QADRLASH KUNI" MUNOSABATI BILAN BAYRAM DASTURXONI TASHKIL ETILDI
2022-05-07    614

Bugun, 7-may kuni Andijon davlat universiteti ma'muriyati va kasaba uyushmasi hamkorligida 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan katta fayzli dasturxon yozildi.

 

Unga universitetimiz faoliyatiga o'zining ulkan mehnatlari singgan nafaqadagi ulug' ustoz va professor-o'qituvchilar hamda hozirgi kunda jonkuyarlik va fidokorlik bilan xizmat qilayotgan barcha professor-o'qituvchilar va ishchi-xodimlar taklif etildi.

 

Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev so'zga chiqib, urush faxriylarimizni yod etdi hamda ushbu kechaga yig'ilgan barcha professor-o'qituvchilar va ishchi-xodimlarni 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan qutladi.

 

Tashrif buyurgan barcha professor-o'qituvchilar va ishchi-xodimlar uchun maqomchilar tomonidan turli kuy va qo'shiqlar ijro etildi hamda qo'li gul oshpazlarimiz tomonidan osh damlandi.

 

Kechaga yig'ilgan barcha nafaqadagi ustozlar bir-birlari bilan diydor ko'rishishga muyassar bo'ldi.

 

Ushbu kecha so'ngida Rahmonberdi qori domla tomonidan o'tganlar ruhiga qur'on tilovat o‘qildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.