Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA “JAMIYATDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISH" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O'TKAZILDI
2022-03-18    507

Joriy yilning 18-mart kuni Andijon davlat universitetida pedagog xodimlar va talabalar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5618-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida seminar treningi o‘tkazildi.

Seminar treningda fuqarolarning huquqiy bilimlari ongi va madaniyati yuksak darajada bo‘lishi, ular ijtimoiy hayotda bo‘layotgan o‘zgarishlarga faol munosabatda bo‘lishiga erishish, shaxsiy fikrlarini erkin bildirish va jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shishi mumkinligi bildirildi.

Huquqiy madaniyatni yuksaltirish, o‘z navbatida, davlat va jamiyat hayotini isloh qilish, amaldagi qonun hujjatlarini tanqidiy tahlildan o‘tkazish, davr talablaridan kelib chiqib, ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritish, eskirgan va taraqqiyotga to‘siq bo‘layotgan me’yorlarni bekor qilish bilan bevosita bog‘liqligiga alohida to‘htaldi.

O‘zbekiston Respublikasida siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy sohalardagi keng qamrovli islohotlar davridan o‘tayotgan ekan, mamlakat aholisi huquqiy ongi va huquqiy madaniyatidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aholiga yetkazish muhim vazifalardan biridir. Prezidentimizning 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2019 yil 13 dekabrdagi “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4551-son qarori huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi dolzarb  vazifalarni belgilab berdi.

Huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasi dinamik xarakterga ega bo‘lib,  bugungi kunda mazkur sohada mavjud ayrim kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlab, bartaraf etib borilsa, nisbatan qisqa muddatlarda mamlakatimizda qonun ustuvorligining yanada mustahkamlanishiga erishish mumkin.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, har bir fuqaroga huquqiy savodxonlik nafaqat javobgarlikka duchor bo‘lmaslik uchun, balki, avvalo, o‘z huquqlarini himoya qilish, qonun bilan belgilangan qo‘shimcha afzalliklardan foydalanish yoki jamiyat va davlat oldidagi o‘z majburiyatlarini sidqidildan bajarish uchun ham kerak bo‘ladi.

 

 

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.