Bugun, 7-may kuni Andijon davlat universiteti 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan professor-o'qituvchilar, tyutorlar hamda faol talaba-yoshlar Andijon shahridagi Pistamozor MFYda yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 93 yoshli Iqbolov Shokirjon ota xonadoniga tashrif buyurdi.
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlarimiz ongiga o'tganlarni xotirlash, tiriklarni e'zozlashdek insoniy fazilatlarni singdirishdan iborat.
Ma'lumki, 9-may yurtimizda keng miqyosda “Xotira va qadrlash kuni” sifatida katta tantanalar bilan nishonlanib, tinchlik uchun kurashda halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar xotirasi yod etiladi hamda urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan nuroniylarimiz e’zozlanishi xalqimizga xos qadriyatlar ko‘zgusi sanaladi.
Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘ nuroniylarga bo‘lgan hurmat va e’tibor diqqat markazidadir.
Kirib kelayotgan qutlug‘ kun, 9 may – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan barcha faxriylarimizni, aziz yurtdoshlarimizni tabriklaymiz!
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI