Andijon Davlat
Universiteti
"MADANIYAT VA YOSHLAR OYLIGI" DOIRASIDAGI MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIRLAR KO'TARINKI KAYFIYATDA O'TKAZILMOQDA
2022-05-04    829

Xabaringiz bor, viloyatimiz hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tashabbuslari bilan 15-apreldan 15-mayga qadar "Madaniyat va yoshlar oyligi" deb e'lon qilingan.

Ushbu oylik doirasida Andijon davlat universiteti tomonidan joylarda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Bugun, 4-may kuni universitetimizning yosh ijodkorlari tomonidan shahrimizning ma'naviy-ma'rifiy ozuqaga boy bo'lgan joylaridan biri "Qo‘g‘irchoq teatri" oldida kechki konsert dasturi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Tadbirda universitetimizning yosh san'atkorlari tomonidan bir-biridan sho‘x taronalar yangradi va kelgan mehmonlarga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini uyg‘otish, tashabbuskor va iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning iqtidorini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, yoshlar o‘rtasida ijod, madaniyat va san’atni rivojlantirish, talabalar, bitiruvchilar va uyushmagan yoshlarning jamiyatda munosib o‘rin topishida ko‘maklashish.

Andijon davlat universiteti
axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.