Mamlakatimiz rahbarining 2021-yil 9-fevraldagi Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yirik moddiy meros obyektlarida ichki turizm oqimini shakllantirish boʻyicha qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 2-may kuni Andijon davlat universiteti ma'muriyati tomonidan oliygohimizning bir guruh ustozlari va talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida respublikamiz bo‘ylab sayohatga joʻnatdi.
Bir haftalik sayohatni boshlagan jamoada 6 nafar professor-o‘qituvchilar hamda "Targʻibot guruhi" aʼzolaridan iborat talaba-yoshlar tarixiy shaharlardagi qadimiy yodgorliklar bilan tanishib, ziyorat ham qilmoqdalar.
Bugungacha ular Toshkent shahri hamda Samarqand shahriga sayohat qildilar. Samarqand viloyatidagi "Ruhobod", "Goʻri Amir", "Registon" ansambli, Bibixonim madrasasi, Xoʻja Doniyor maqbarasi, Shohizinda, Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining uyi hamda qabrini ziyorat qildilar.
Keyingi kunlari ular Buxoro hamda Xiva shaharlarida boʻladilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI