Andijon Davlat
Universiteti
FILOLOGIYA FAKULTETIDA FUTBOL BO'YICHA "DEKAN KUBOGI" MUSOBAQASI O'TKAZILDI
2022-04-29    447

Bugun, 29-aprel kuni Andijon davlat universitetining filologiya fakultetida 3-bosqich talaba-yoshlari o'rtasida sportning futbol turi bo'yicha "Dekan kubogi" musobaqasi bo'lib o'tdi.

Musobaqa filologiya fakultetining tyutori Muhayyoxon Tojiboyeva tashabbusi bilan  tashkil etildi va ushbu turnirda jami 3 ta jamoa ishtirok etdi.

Qizg'in kechgan musobaqa davomida jamoalar g‘oliblik uchun murosasiz bahs olib bordilar. Musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra 1-o'rindan "Spartak" jamoasi joy olgan bo'lsa 2-o'ridan "Natsional'' jamoasi o'rin egalladi. 3-o'rinni esa "Alpomish" jamoasi qo'lga kiritdi.

G'olib bo'lgan "Spartak" jamoasiga fakultet dekanining ko'chma kubogi tantanali topshirildi.

Universitetimizda an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan sport turlari bo'yicha musobaqalarimiz davom etadi. Siz ham musobaqalarda faol ishtirok eting va o'zingizni iqtidoringizni namoyon qiling.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.